«Acta Education» - Xalqaro ilmiy jurnal, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2023 yil 30 avgust kuni ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan, litsenziya raqami №122187. ISSN: 3030-3141

Jurnal ta'sischisi Tashkent International University of Education Xalqaro Universiteti.

Jurnalning asosiy maqsadi — ta’lim tizimini rivojlantirish, pedagogik jarayonlarni takomillashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yutuqlarini ilm-fan va ta’limga joriy etish, aniq, tabiiy va texnika fanlari doirasidagi fundamental, nazariy va amaliy tadqiqotlar natijalarini keng ilmiy jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan original, yuqori sifatli va qat’iy taqrizdan o‘tgan ilmiy ishlarni nashr etish учун xalqaro ilmiy platformani shakllantirishdan iborat.

Jurnal quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi, ammo ular bilan cheklanmaydi:

Pedagogika va ta’lim

Ta’lim nazariyasi va amaliyoti, o‘qitish metodikasi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta’lim sifatini oshirish, uzluksiz ta’lim tizimi, maktabgacha, umumiy o‘rta, professional va oliy ta’limga oid ilmiy tadqiqotlar.

Ta’limda innovatsion texnologiyalar

Raqamli ta’lim, elektron ta’lim resurslari, masofaviy ta’lim, interaktiv o‘qitish usullari, smart texnologiyalar va zamonaviy o‘quv platformalaridan foydalanishga oid ilmiy ishlanmalar.

Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt

Dasturiy ta’minot, raqamli tizimlar, ma’lumotlar tahlili, mashinaviy o‘rganish, sun’iy intellekt texnologiyalari hamda ularning ta’lim, ilm-fan va amaliy sohalardagi qo‘llanilishiga bag‘ishlangan tadqiqotlar.

Aniq va tabiiy fanlar

Matematika, fizika, kimyo, biologiya va boshqa tabiiy fanlar bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar, ilmiy nazariyalar, tajriba natijalari hamda ushbu fanlarni o‘qitish metodikasiga oid ishlanmalar.

Texnika fanlari

Muhandislik, texnologik jarayonlar, ishlab chiqarish tizimlari, innovatsion texnik yechimlar, texnika fanlarining nazariy va amaliy masalalariga doir ilmiy maqolalar.

Fanlararo tadqiqotlar

Pedagogika, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, psixologiya, sotsiologiya, tabiiy va texnika fanlari kesishgan nuqtalarda olib borilgan kompleks ilmiy izlanishlar va innovatsion yondashuvlar.

Ta’lim boshqaruvi va islohotlari

Ta’lim siyosati, boshqaruv mexanizmlari, institutsional rivojlanish, xalqaro tajriba, ta’lim tizimidagi islohotlar va ularning samaradorligiga oid ilmiy tahlillar.

Kadrlar tayyorlash va kasbiy rivojlanish

Kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish, pedagog kadrlar tayyorlash, malaka oshirish, zamonaviy kasbiy ta’lim yondashuvlari va inson kapitalini rivojlantirish bilan bog‘liq tadqiqotlar.

Xalqaro missiya

“Acta Education” jurnali ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida ilmiy bilimlarni erkin tarqatish uchun ochiq xalqaro platformani taqdim etadi. Jurnalning asosiy vazifasi — ilmiy natijalarni ommalashtirish, ilg‘or ilmiy va pedagogik tajribalarni almashish, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash va mintaqaviy ilmiy ishlanmalarni global ilmiy maydonga integratsiya qilishdan iborat.


ISSN 3030-3141 (Online)