Taqrizlash
Taqrizlash qoidarari:
1. Jurnalga kelib tushgan barcha maqolalar anonim taqrizlash va tahririyat kengashida tasdiqlash jarayonidan o‘tadi.
2. Maqola kelib tushishidan so‘ng jurnal xodimlari tomonidan uning birlamchi tekshiruvchi amalga oshiriladi. Bunda maqolaning texnik talablar va jurnal bo‘limlariga mosligi tekshiriladi. Agarda maqola texnik talablarga mos ravishda rasmiylashtirilmagan yoki jurnalning bo‘limlariga to‘g‘ri kelmasa, maqola qabul qilinmaydi va muallifga bu haqida xabar beriladi.
3. Maqola texnik talablar va jurnalning bo‘limlariga mos kelsa, uni plagiatga tekshiruvi amalga oshiriladi. Maqolada plagiat yoki u avval boshqa jurnallarda nashr qilingani aniqlanganda, maqola rad etiladi va muallifga bu haqida xabar beriladi.
4. Maqola yuqoridagi talablarga javob bersa, tahririyat uni taqrizchiga jo‘natadi. Taqrizlash jarayoni uch hafta davomida amalga oshiriladi. Muallifga maqola taqrizga jo‘natilganligi haqida xabar beriladi.
5. Taqrizlash jarayoni muallif va taqzrichi uchun anonim xarakterga ega.
6. Taqrizlash konfidentsialdir. Taqzirchilar va tahririyat kengashi a'zolari taqzirlanayotgan materialni sir qilib saqlashlari kerak.
7. Maqolaning muallifi yoki hammualifi, uning ilmiy rahbari hamda ish joyida birgalikda ishlaydigan xodimlar taqzirchi bo‘la olmaydilar.
8. Muallifning so‘rovnomasiga asosan tahririyat uning maqolasiga berilgan anonim taqrizning nusxasini jo‘natadi.
9. Taqrizlar tahririyatda 5 yil muddatga saqlanadi.