Mualliflar uchun qoidalar
Umumiy talablar
Jurnalga ilgari nashr qilinmagan, original, dolzarb va ilmiy asoslangan hamda jurnalning bo‘limlariga muvofiq va texnik talablarga asosan to‘g‘ri rasmiylashtirilgan maqolalar qabul qilinadi.
Maqolaning mazmuni uchun mualliflar mas'ul.
Yuborilgan barcha maqolalar plagiatga tekshiruvdan va soha mutaxassisining ijobiy taqrizidan keyin nashrga qabul qilinadi.
Maqolalarni rasmiylashtirish bo‘yicha talablar
Maqola formati – A4 (kitob), Microsoft Word .doc yoki .docx.
Matnning yonlardagi o‘lchamlari – yuqoridan 2 sm, pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm.
Shrift – Times New Roman.
Maqola matni uchun shrift kattaligi – 14 pt, metama'lumotlar (annotatsiya va kalit so‘zlar) uchun – 12 pt.
Qatorlar kattaligi – 1,5 pt.
Xatboshi – 1 sm.
Maqola mateni kengligi bo‘yicha tekislangan bo‘lishi kerak.
Sahifalar raqamlanmaydi.
Grafik va jadvallar raqamlangan bo‘lishi kerak.
Adabiyotlarga iqtibos matn ichida to‘rtburchak qavs yordamida [1, b.6] yordamida amalga oshiriladi.
Maqola hajmi – 5 betdan 15 betgacha (annotatsiya, kalit so‘zlar va adabiyotlar ro‘yxatisiz).
Maqola tuzilmasi:
1. Muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi, ish joyi, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni o‘zbek, ingliz va rus tillarida, shrift Times New Roman, 14 pt.
2. Maqola nomi o‘zbek, ingliz va rus tillarida katta harflarda, shrift Times New Roman, 14 pt.
3. Annotatsiya o‘zbek, ingliz va rus tillarida, shrift Times New Roman, 14 pt, hajmi kamida 100 so‘z.
4. Kalit so‘zlar o‘zbek, ingliz va rus tillarida, shrift Times New Roman, 14 pt, hajmi kamida 5 so‘z.
5. IMRAD talabi asosida rasmiylashtirilgan maqola matni: kirish, metodlar, natijala va muhokama, xulosa, shrift Times New Roman, 14 pt.
6. Adabiyotlar ro‘yxati. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati alifbo tartibida shakllantiliradi, shrift Times New Roman, 14 pt. Faqatgina maqolada foydalanilgan adabiyotlar keltirilishi kerak.