«Acta Education» - Xalqaro ilmiy jurnal, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2023 yil 30 avgust kuni ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan, litsenziya raqami №122187. ISSN: 3030-3141

Jurnal ta'sischisi Tashkent International University of Education Xalqaro Universiteti.

Jurnalning maqsadi va qamrovi
Pedagogika va ta'lim sohalarida, aniq va tabiiy, texnika fanlari bo'yicha fundamentlar, nazariy va amaliy ilmiy tadqiqotlar hamda turli yo'nalishlar bo‘yicha fanlararo izlanuvlar natijalarini nashr qilishdan iborat.

Nashrning tili
Jurnal va undagi maqolalar o‘zbek, ingliz va rus tillarda nashr qilinadi.

Jurnalning foydalanish uchun ochiqligi
Jurnalning nashr etilgan sonlari va maqolalar foydalanish uchun ochiq va bepul. E'lon qilingan nashrlar saytining arxiv bo‘limida joylashtirilgan.

Taqrizlash siyosati
Tahririyatga kelib tushgan barcha maqolalar plagiatga tekshiruvdan o‘tadi va maqolaning muallifi ko‘rsatilmagan holda soha mutaxassislariga taqrizlash uchun yuboriladi.

Nashrning davriyligi
Jurnal uch oyda bir marotaba, yiliga to'rt marotaba nashr qilinadi. Tahririyatning qaroriga muvofiq jurnalning qo‘shimcha va maxsus sonlari e'lon qilinishi mumkin.